Ronaldu “Yuventus”dagi dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazdi

Kuni kecha portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Turinning “Yuventus” klubiga o‘tganidan buyon jamoaning ilk mashg‘ulotida ishtirok etdi.
Hujumchi “zebralar” tarkibiga kelib qo‘shilganidan so‘ng Xitoy turnesi boshlanib qolib, chinliklar yurtiga jo‘nab ketgandi. U yerdan kelganidan so‘ng ta’tilga chiqdi va kecha qaytdi.
0_Juventus-Medical-Tests (1).jpg
KriRo mashg‘ulotlarda Paulo Dibala, Huan Kuadrado, Duglas Kosta, Gonsalo Iguain hamda Rodrigo Bentankur va boshqa bir qancha futbolchilar bilan birga qatnashdi.
f3f39101983f72f832847b50222a2742.jpg
15329726393009.jpg
0_Juventus-Medical-Tests.jpg
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Yuve”ga Madridning “Real” klubidan kelib qo‘shilganiga 20 kundan oshdi. Uning transferi turinliklarga 100 (+10) million yevroga tushgan, yillik maoshi esa 33 million yevro etib belgilangan.

 

O’zA