Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda investitsion loyihalarni ishga tushirish, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan va eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Prezidentimizning rahbarligida yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ular uchun barcha qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Taxiatosh, Xo‘jayli, Amudaryo va Nukus tumanlaridagi tadbirkorlar ishtirok etgan uchrashuvda ularning faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi. Har qanday investitsion, ishlab chiqarish va sanoatni rivojlantirish borasidagi loyihalar qo‘llab-quvvatlanishi alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi va bildirilgan murojaatlarning ko‘pchiligiga joyida yechim topish choralari ko‘rildi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha tegishli soha mutasaddilariga topshiriq berildi.
Dovud Abibullaev, O‘zA muxbiri