Poytaxtimizda futbol bo‘yicha 15 yoshli bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo turniri doirasidagi so‘nggi uchrashuvni hamyurtlarimiz Afg‘oniston terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
“Milliy” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv qiziqarli va xavfli vaziyatlarga boy bo‘ldi. Biroq o‘yinda hisob ochilmadi.
Futbolchilarimiz mazkur musobaqada Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston terma jamoalar ustidan ishonchli g‘alaba qozondi. Eron vakillariga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.
Muhammad Amin (surat) O‘zA