BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISH: Hozircha ikkita kumush medal bor, oltinni kutyapmiz

Bolgariyaning Plovdiv shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar (19 yoshgacha) va yoshlar (23 yoshgacha) o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tyapti.
Ayni paytda o‘zbekistonlik sportchilar ikkita kumush medalni qo‘lga kiritishga ulgurishdi. Endi navbat oltinga kelgan bo‘lsa ne ajab.
Jahonning 85 mamlakatidan 456 nafar sportchi ishtirok etayotgan musobaqada vatanimiz sharafini 16 nafar sportchi himoya qilishmoqda. Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova juftligi S-2 qayig‘ida 200 metrlik masofaga eshkak eshish bo‘yicha marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bosh sovrin belaruslik qizlarga nasib etdi.

 

O. Yunusov, O’zA