Ispaniyaning Leon shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatini mamlakatimiz sportchilari 4 ta medal bilan yakunladi.
Jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan 7 nafar sportchidan 3 nafari shohsupaga ko‘tarildi.
Dunyoning 64 ta mamlakatidan 400 nafarga yaqin yosh og‘ir atletikachilar ishtirok etgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Hamyurtlarimizdan Diyorbek Ermatov oltin, Husinboy Matrasulov kumush, Nigora Abdullayeva kumush va bronza medallariga musharraf bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA