11 nafar sportchi muddatidan avval talaba bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonlik 11 nafar yosh sportchi muddatidan avval talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi. 
Mamlakatimizda O‘zbekiston chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi yoshlar uchun qator imtiyozlar yaratilgan. Shunday imtiyozlardan biri g‘oliblarning yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz talabalikka qabul qilinishidir.
Nukusda joriy yilda shunday imtiyozga ega bo‘lgan og‘ir atletchilar Shaxmerdan Kemalov, Bazargul Rambergenova, suzish bo‘icha g‘olib Sabit Orazov, kurashchilar Aqtenge Keunimjayeva, Sayyora Joldasova, ganbdolchi Azamat Genjebekov, akademik eshkak eshish ustalari Azamat Jiyenbayev va Sayyora Xudaybergenova, regbi-7 bo‘yicha Yernazar Maxambetkarimov, baydarka va kanoeda eshkak eshishdan Nargiza Dabilova va yenlgil atletchi Jetkerbay Qaypnazarov talaba bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘ldilar.

 

Yesimxon Qanoatov, O‘zA