FOTOREPORTAJ
Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Ekologik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va partiyaning saylovdagi ishtiroki yuzasidan asosiy chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, mahalliy Kengashlar deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar uchun siyosiy o‘quv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Partiya Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyasi vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti xodimlari, Xalq deputatlari shahar, tuman Kengashi deputatligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Xayrullo G‘afforov partiya saylovoldi dasturining qisqacha mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritib, uning tarkibiy tuzilishi va ilgari surayotgan asosiy g‘oyalari to‘g‘risida batafsil axborot berdi. Shuningdek, deputatlikka nomzodlarning huquq va majburiyatlari, ularga qo‘yiladigan talablar, saylovoldi tashviqot davrida nomzodlarga teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA