Krishtianu Ronaldu haqidagi fikringizni o‘zgartiruvchi 15 ta sabab

Ronaldu futbol tarixida eng zo‘r o‘yinchilardan biri bo‘lib qolaveradi. “Yuventus” yulduzining muxlislari bugungi kunda istalgan shahringizda va istalgan xonadonda topiladi.
Shuningdek, yana bir “o‘zga sayyoralik” futbolchi Leo Messining ham ashaddiy muxlislarini dunyoning barcha nuqtalaridan topsa bo‘ladi. Ikki futbolchining futboldagi qarama-qarshiliklari ularning hayotlarida ham seziladi. Leo o‘zining kamtarligi bilan muxlislar hurmatini qozongan bo‘lsa, Krishtianu mag‘rurligi, kibrliligi hamda talabchanligi bilan insonlarda e’tibor qozona olgan. Ayrimlar uni aynan mana shu jihatlari uchun ham yomon ko‘rishadi. Boshqalarga esa bu o‘zboshimchaliklari yoqadi.
Quyida “uchar portugal“ haqidagi salbiy fikrlaringizni o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan 15 ta sababni taqdim etamiz.
1. Oltin butsa.
 
56ebb2e1a8f75.jpg
2011-yilda Ronaldu o‘zining “Real”dagi dastlabki “Otin butsa”sini qo‘lga kiritdi. U “qaymoqrangli“lar safida mavsum davomida 40 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoasi bilan La Ligada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasida yarim finalgacha yetib bordi. Ronaldu mavsum uchun berilgan “Oltin butsa”sini sotishga qaror qildi. Undan tushadigan pullarni esa xayriya maqsadida ishlatishini aytib o‘tdi. Shunday ham bo‘ldi. U 1.2 million funt sterling evaziga sotilgan “matoh”ini Falastindagi bolalar uchun urushda xonavayron bo‘lgan maktablar o‘rniga yangi ta’lim maskani qurilishiga bag‘ishladi.
2. Oltin to‘p.
 
1164765-19643164-2560-1440.jpg
Krishti ikki yil avval qilgan xayriya ishlarini yana bir bor takrorladi. U 2013-yilda “Oltin to‘p”ni yutib oldi hamda Londonda o‘tkazilgan kim oshdi savdosida 530 ming funt sterlingga pulladi. U ushbu pulni kambag‘al bolalarning orzularini amalga oshiruvchi “Mak-A-Wish Foundation” xalqaro xayriya jamg‘armasiga tuhfa etdi.
3. Elchi.
 
PJ4Oks1X66A.jpg
Ronaldu o‘zining dunyoda qanchalik mashhur ekanligini juda yaxshi tushunadi. Va bundan samarali foydalanadi. U uchta katta xayriya tashkilotlarining elchisi – “Save the Children, Unicef” va “World Vision”. U hamisha global muammolarni ko‘taradi va ularni hal qilishga undaydi. KriRo 2014-yilda “Oltin to‘p”ni olgandan so‘ng o‘z nutqida leykemiya kasalligiga chalingan bolalar haqida gapirdi. Xuddi shu yili Ronaldu ana shunday kasal bolalar uchun millionlab summalar xayriya qildi va boshqalarni ham katta miqdorda ehson qilishga jalb etdi.
4. Bonuslar.
 
ch.jpg
Ronaldu juda ko‘plab bonuslarni qo‘lga kiritadi. Bir qator nashrlarning yil jamoalariga kirganligi uchun unga pullar beriladi. Masalan, 2013-yilda UEFA versiyasi bo‘yicha yilning “Eng yaxshi jamoasi”ga qo‘shganligi bois berilgan 100 ming yevroni xayriya qilib yubordi. Bir yildan so‘ng “Real”ning YECHLdagi o‘ninchi chempionligi uchun berilgan 450 ming yevroni ham ehson qilishga ahd qildi.
 
5. Donorlik.
 
lxGplUF7tmw.jpg
Boshqa, aksariyat futbolchilar bilan solishtirganda Ronaldu tatiurovkalari yo‘qligi bilan ajralib turadi. U doimiy ravishda qon tanqisligiga chalingan bemorlarga qon berish bilan shug‘ullanadi. Bilamizki, tatu infeksiya olib keladi. Shu sababdan u bunday narsalarga e’tibor qaratmaydi. Do‘sti Karlos Martinsning o‘g‘li donorga muhtoj bo‘lib qolgandan buyon muntazam ravishda u donorlik qilib keladi.
6. Million dollarlik ehson.
 
cristiano-ronaldo-n-a-pas-donne-7-me-pour-le-nepal-iconsport_sfp_090515_12_11,111307.jpg
2015-yilda Nepalda juda kuchli zilzila sodir bo‘ladi. Ronaldu bu voqeadan ta’sirlanadi. Zilzila 9 ming insonni nobud qilgandi va 20 ming odamni yostig‘ini quritgandi. Manbalarda Krishtianuning ushbu davlatga ajratgan yordami 5 million funtdan ortiq ekanligi alohida e’tirof etiladi.
 
7. Saraton markaziga ko‘mak.
 
lZ3QZ1m2m74.jpg
Ronalduning onasi Dolores xonim 2007-yilda ko‘krak saratonini boshdan kechiradi. U volidasini davolagan markazga rahmat aytishga ahd qildi. Portugaliyalik 120 ming funt sterling mablag‘ni kasalxonaga xayriya qiladi. Onasining ushbu saraton kasalligidan forig‘ bo‘lishi, Krishtining ko‘plab beminnat yordamlar ko‘rsatib turishiga zamin yaratdi.
8. Ota-onasi vafot etgan bolaga yordam.
 
294418.jpg
“Real”ning haqiqiy muxlisi bo‘lgan jajji Aydar Beyrutdagi portlashdan so‘ng ota-onasidan ajralib qoladi. Mahalliy jurnalist “Los blancos” vakillariga murojaat qiladi va uni Madridga taklif qiladi. Aydar Ronalduning ashaddiy muxlisi edi. U bilan uchrashuv Aydarga oz bo‘lsa-da dalda bo‘ladi. Bola o‘z qahramoni bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan xursand edi.
 
9. Davolash uchun mablag‘.
 
22443-1514465011-800.jpg
2009-yilda Ronaldu muxlislaridan saraton kasalligiga chalingan 9 yoshli Nuhuzet Guilen haqida eshitib qoldi. Unga kasallikning oxirgi bosqichi tashxis qo‘yilgan edi. Bu voqeadan xabar topgan Krishti haydovchisiga bola hamda uning otasini “Real” to‘xtagan mehmonxonaga boshlab kelishini buyuradi. Nuhuzet bilan suhbatlashadi. Shundan so‘ng, unga “Santiyago Bernabeu” ning VIP sektorida o‘yinni tomosha qilish uchun taklif qildi. O‘sha o‘yinda “uchar portugal“ gol urdi va bolaga dastxati tushirilgan futbolkasini sovg‘a qiladi. Bolaning otasi bilan gaplashgandan keyin deyarli najot yo‘qligini biladi. Biroq AQSHda eksperimental davolash kurslari mavjudligi ammo qimmatligi haqida eshitdi. Krishtianu davolash uchun pul to‘laydi va Nuhuzetning umri 4 yilga uzayishiga sababchi bo‘ladi. Lekin uning hayoti ko‘pga bormadi. Nuhuzet 2013-yilda vafot etdi.
10. Muxlislar uchun vaqt.
 
wx1080.jpg
Krishtianu bilan suratga tushish uchun muxlislar tez-tez maydonga “tashrif” buyurib turishadi. Hatto ba’zida ularni ortidan quvigan havfsizlik xodimlaridan ham himoya qiladi. Uni qanchalik sevishlarini tushunib yetgan Ronaldu mashina haydab ketayotganda ham to‘xtab, o‘z muxlislari bilan selfi qilish uchun vaqt topa oladi.
11. Yana bir yordam.
 
Baby-who-was-Donated-by-Ronaldo.jpg
2014-yil “Real”ning displaziyaga chalingan kichik muxlisi Erik Kruz Ortiz uchun uning onasi Ronaldudan futbolka berishini so‘radi. Bolaning miyasida anormallik kuniga 30 martadan oshib ketadi. Krishti voqealar rivojini o‘rgangach, Erikning operatsiyasi uchun sarflanadigan 55 ming yevro hamda keyingi barcha xarajatlarni qoplashni o‘z zimmasiga oladi. Biroq bola jarrohlikkacha bormadi va tez orada tiklandi.
12. Singan qo‘l.
 
1374671338_0829.400x553.jpeg
“Vitaliti stedium”da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ronalduning jarimadan tepgan to‘pi 11 yoshli Chari Silvervudni qo‘lini sindirdi. O‘yindan so‘ng “Real” prezidenti Florentino Peres Charlining oldiga kelib klub va Ronaldu nomidan uzr so‘radi hamda Krishtinuning dastxati tushirilgan futbolka sovg‘a qildi.
Bunga o‘xshash holatlar ko‘plab uchrab turadi va har safar KriRo jabrlanganlardan alohida kechirim so‘raydi hamda sovg‘alar ulashadi.
13. Sahiy do‘st.
 
img_ozarate_20161018-185954_imagenes_md_otras_fuentes_mendes-kVJH-U411100240718O9-980x554@MundoDeportivo-Web.jpg
Ronaldu 2015-yilda agenti va do‘sti Jorje Mendeshning nikoh to‘yida “kuyovjo‘ra” sifatida qatnashadi. Krish bundan juda xursand bo‘ladi. Do‘stiga ulkan baxt va muvaffaqiyat tilaydi. Oldingi hamda kelajakdagi yutuqlarida uning ishtiroki ulkanligiga alohida urg‘u berib, Gretsiyadan “kichik” bir orol sovg‘a qiladi. “Hadya”ning qiymati bor-yo‘g‘i 40 million funtga baholangan.
 
14. Ajoyib jamoadosh.
 
ronnywatch.png
“Real” Chempionlar ligasidagi yubileyinchi kubokni qo‘lga kiritganidan so‘ng, futbolchilar nafaqat klubdan, balki Krishtianu tomonidan ham sovg‘alar oldi. Turnirning eng yaxshi o‘yinchisi shukronalik belgisi sifatida har bir jamoadoshiga “Bulgari” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho qo‘l soati tortiq etadi.
15. Yaqinlariga dalda.
 
CzgDyX0WIAAihbh.jpg
Ronalduning otasi alkogolga mukkasidan berilgan edi. U uzoq xastalikdan so‘ng 2005-yilda vafot etadi. Bundan ta’sirlangan futbolchining akasi Hugu ham spirtli ichimliklarga ruju qo‘yadi. U nafaqat alkogol, balki giyohvand moddalarni ham iste’mol qila boshlaydi.
Krishtianu akasini bu yo‘ldan qaytarish uchun barcha harakatlarni amalga oshiradi. Turli vositalar yordamida uni qutqarib qolishga erishadi. Akasi hozir to‘g‘ri yo‘lda boryapti va ukasining maydondagi g‘alabalarini birga nishonlaydi. U Krishning o‘g‘li kichik Ronalduning cho‘qintirgan otasi sanaladi. Va Ronalduning ko‘plab marosimlarida ham ishtirok etadi. Xususan, Krishtianuga 2016-yil “Oltin to‘p”ni topshirishda ham bevosita qatnashdi.
Bugun Hugu Ronalduning Madera orolidagi “Ronaldu muzeyi”ga rahbarlik qiladi.
Ha, uning maydondagi harakatlari sizga yoqmasligi yoki g‘azabingizni qo‘zg‘ashi mumkin. V yo aksincha. Sizga cheksiz quvonch hadya etishi ham mumkin. Ammo hayotdagi ishlari bilan dunyodagi barcha insonlarni hurmatiga sazovor bo‘la oladi.
Aytgancha, uning muxlislariga bir gapimiz: “Forza, Yuve!”

 

Internet materiallari asosida Shohrux No‘monov tayyorladi