Kecha biz fransuzlarni finalga chiqqaniga guvoh bo‘ldik. Xo‘sh, bugun ularning finaldagi raqibi kim bo‘ladi?
O‘tgan mavsum Garet Sautgeytni Primiyer-liga bahslarida tribunadan terma jamoa uchun nomzod futbolchilarni kuzatayotganligini juda ko‘p bor guvohi bo‘ldik. Jamoaning yarim finalgacha yetib kelganligi shundan darak beryaptiki, u terma uchun eng munosiblarini tanlab olgan. Inglizlar oxirgi marta 1990 yilda yarim finalda o‘ynashgan. Bugun ular finalga chiqish imkoniyatiga ega. Agar Angliya odatdagidek o‘yinini namoyish etsa final uchrashuvida harakat qiladi. Biroq Xorvatiyaning markaziy qismini yorib o‘tish oson bo‘lmasligi aniq.
Xorvatiya termasining yarim finalgacha yo‘li juda oson kechdi deb bo‘lmaydi. Dastlab Argentina bilan bir guruhda o‘ynab, birinchi o‘rin bilan chiqishi, keyinchalik penaltilar seriyalaridagi zafarlar – bularning zamirida juda katta chidam hamda mashaqqat yotibdi. Ularning yarim himoya markaziga butun dunyo klublari havas bilan qaraydi. Balki muvaffaqiyatlar zamirida kuchli markaziy yarim himoya yotgandir. Dalichning jamoaga kelganiga unchalik ham ko‘p bo‘lganicha yo‘q. U terma bilan 12 bor maydonga chiqdi. Natija yomon emas: 7 g‘alaba, 3 durang, 2 mag‘lubiyat. Tumanli albion vakillari bilan bo‘ladigan bahsda uning shogirdlari raqibning hujumlariga dosh bera olsa, “Lujniki”ni zabt etadilar.
Jahon kuboklarida termalar 2 bor to‘qnash kelgan va har ikkala bahsda ham inglizlar yirik hisobda(4-1, 5-1) g‘alaba qozongan. Umumiy hisobda 8 marta ro‘baro‘ kelishgan va 2 bor Xorvatiya g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana shuncha durang qayd etilgan. To‘rt o‘yin inglizlar foydasiga hal bo‘lgan.
Xorvatiya – Angliya
“Lujniki” stadioni, Moskva
Toshkent vaqti bilan 23:00
Bosh hakam: Junayd Chaqir
O’zA