“O‘zbekiston“ sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Kecha kunning ikkinchi yarmida yana bir atletimiz – G‘ayrat Aytmurodov dast ko‘tarishda muvaffaqiyatga erishib, musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu bilan medallarimiz soni 3 ta ( 2 ta oltin va 1 ta bronza)ga yetdi.
Musobaqa davom etmoqda.
Muhammad Amin (surat), O‘zA