FUTBOL: O‘zbekiston Kubogining chorak final o‘yinlariga qur’a tashlandi

Kecha, Pepsi Superliga 16-tur doirasidagi “Bunyodkor” – “Qizilqum” jamolarining uchrashuvi tanaffusida O‘zbekiston Kubogining chorak final o‘yinlariga qur’a tashlandi.
O‘ziga xos tashkil etilgan tadbir natijasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Chorak final juftliklari
“Paxtakor” – “Lokomotiv”
“Andijon” – “Bunyodkor”
AGMK – “Mash’al”
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum”
Bitta uchrashuvdan iborat o‘yinlar shu yilning 17 va 18 sentyabr kunlariga belgilangan.

 

O’zA