MUNDIAL KUNDALIGI: uchinchi turning oxirgi o‘yinlari

“H” guruhi, 18:00

Yaponiya – Polsha. 

“Volgograd arena”, Volgograd
e007349a-f658-406c-abb9-1211be92bca3.jpg

Polsha turnirni tark etib bo‘ldi. Yaponlar esa guruhda birinchi o‘rinda borishmoqda. Agar uchrashuvda durang qayd etilsa ham ular keyingi bosqichga chiqishi mumkin, ammo kunchiqar yurt vakillarining taqdiri Senegal – Kolumbiya o‘yiniga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun ushbu bahsda yaponlardan faqat g‘alaba talab qilinadi. Bahsda zambiyalik Yanny Sikazve guruhi hakamlik qiladi.

Senegal – Kolumbiya. 

“Samara arena”, Samara
da0deea9-2905-4114-a187-30a0c671d748.jpg

Mana shu to‘qnashuv kunning eng og‘ir o‘yini bo‘ladi. Sababi mag‘lub jamoa turnirni tark etsa, g‘olib jamoa nimchorak finalga chiqadi. Durang afrikaliklar foydasiga ishlaydi. Shu boisdan Janubiy amerikaliklar bor kuchlari bilan oldinga tashlanishadi. Albatta, Senegal ham bunga jim qarab turmaydi. Serbiyalik Milorad Majich “brigada”si ushbu o‘yinni boshqarib boradi.

“G” guruhi, 22:00

Panama – Tunis. 

“Mordoviya arena”, Saransk

Bu o‘yin shunchaki rasmiy maqomga ega xolos. Unda qayd etiladigan natija hech narsaga ta’sir qilmaydi. Uchrashuvga bahraynlik Nabaf Shukrulla bosh hakam etib tayinlangan.

Angliya – Belgiya. 

“Kaliningrad” stadioni, Kaliningrad
f33bdbf6-e3ad-4bac-b62e-ada0dfd44968.jpg

Turning eng qiziq o‘yini sifatida e’tirof etilayotgan mazkur bahsdagi hisob guruh yetakchisini belgilab beradi. Albatta, mana shu jihat o‘yinni judayam shiddatli kechishini taminlashi mumkin. Ammo raqiblar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishsa kerak degan tahmin ham yo‘q emas.

Sloveniyalik Damir Skomina boshchiligidagi hakamlar guruhi ushbu uchrashuvni boshqarib boradi.

 

Shohruh No‘monov, O‘zA