O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-mart oylarida xorijga qiymati salkam 220 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 375 ming tonnadan ziyod meva va sabzavot eksport qildi. Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 foizga yoki 157,7 ming tonnaga ko‘pdir.

Lekin pishiqchilik mavsumi hali oldinda. Xo‘sh, bu yilgi yog‘ingarchiliklar mevalarimizning sifati va hosiliga qanchalik ta’sir o‘tkazadi? Mevali daraxtlarni yomg‘irning salbiy oqibatlaridan asrash uchun nima qilmoq kerak? Ushbu savollarga javob topish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti Mevachilik va uzumchilik kafedrasi mudiri Ixtiyor Namozovga yuzlanamiz.

– Mevali o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri juda katta. Ya’ni, bu tashqi muhit omillari: yorug‘lik, issiqlik, namlik, tuproq muhiti, – deydi Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ixtiyor Namozov.

– Respublikamizda bo‘layotgan ob-havo sharoiti mevali o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay hisoblanadi. Chunki, hozir mevali daraxtlarning gullashi, mevalarning hosil bo‘lishida yetarli darajada issiqlik, namlik va havoning nisbiy namligi mavjud… (davomi videoda).

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA