O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq,  Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratishda subsidiya oluvchining tomorqa yer egasi bo‘lishi lozimligi haqidagi talabni bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

                                                                                                                  O‘zA