Italiyada “Parij-2024″ Olimpiya o‘yinlarining boks bellashuvlari uchun yo‘llanma beruvchi I Jahon kvalifikatsion turniri qizg‘in pallaga kirmoqda.

Bugungi bellashuvlarda vazni -60 kg. bo‘lgan Rayhona Qodirova kutilmaganda germaniyalik Maria Ganglbauyerga qarshi jangda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan Aziza Zokirova Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun o‘tagan ilk bahsda Baison Manikonni (Tailand) mag‘lubiyatga uchratdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA