Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahriga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev bu yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Sammit doirasida Prezidentimizning Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston va Afg‘oniston rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.