O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun yurtiga jo‘nab ketdi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, tashrif dasturiga muvofiq Toshkent shahrida Oliy darajada muzokaralar o‘tkazildi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tashrif doirasida qator tadbirlar tashkil etildi. Xususan, Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, hududlar, rektorlar, tibbiyot xodimlari forumlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ikrom AVVALBOEV,

Nosirjon HAYDAROV (surat, video), O‘zA