Yana uch kundan so‘ng Qatarda boshlanadigan Osiyo kubogi o‘yinlari oldidan bir qator terma jamoalar nazorat uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan o‘rin olgan Suriya terma jamoasi kuni kecha nazorat mashg‘ulotida Malayziya vakillariga qarshi maydonga tushdi. Yopiq tarzda o‘tgan uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi.
Aytish lozim, Suriya terma jamoasiga bir paytlar O‘zbekiston terma jamoasida faoliyat yuritgan Ektor Kuper bosh murabbiylik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk bahsini 13 yanvar kuni Suriya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA