Saraton xastaligi o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatida yetakchi o‘rinda turadi. So‘nggi yillarda yer yuzida ushbu og‘ir dardga chalingan bemorlar soni tobora ortib boryapti.

Shuni ta’kidlash joizki, kimyoterapiya bugungi kunda onkologik xastaliklarga qarshi asosiy vositalardan biri. Buning uchun odatda foton nurlanish usulidan keng foydalaniladi.

Biroq so‘nggi izlanishlar flesh-terapiya deb nomlangan proton nurlanish samaradorligi yuqoriligini tasdiqlamoqda. Chunki bu usul sog‘lom to‘qimalarga kamroq zarar yetkazishi bilan ajralib turadi.

AQSHning Pensilvaniya universiteti olimlari saraton kasalligini davolashga qaratilgan yangi usulni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida

Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, flesh-terapiya an’anaviy nur muolajalariga nisbatan nojo‘ya ta’sirlar xavfini uchdan ikki qismga kamaytiradi.

Bundan tashqari, davolash bosqichi faqat bir martalik va uning davomiyligi atigi bir soniyaga teng. Zarrachalar massasi katta bo‘lganligi sababli proton nurlari bemorning kasallikdan zararlangan qismiga aniqroq yo‘naltiriladi. Bu esa qo‘shni to‘qimalar va organlarga minimal darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, olimlar proton nurlanishdan foydalanish metodologiyasi va ekspress seanslar uchun optimal dozalarni ishlab chiqdi. Tez orada flesh-terapiya saraton muolajasida keng ommalashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida Yaponiyaning Nagoya universiteti olimlar oshqozon saratonini qondagi SDF4 oqsili yordamida aniqlash mumkinligini isbotlagan edi.

Marhabo Madaminova, O‘zA