Italiyada nafaqaxo‘r kampir kommunal xizmat unga ichimlik suvini yetkazib bergani uchun xizmat haqi sifatida  adashib katta summani ko‘rsatgandan keyin hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi RaiNews24.

Dekabr boshida Kaporosso shahrida keksa ayol uyiga suv yetkazib beruvchi kompaniyaning xatosi tufayli kasalxonaga yotqizilgani haqida ma’lum qilingan edi.

Telekanalning aniqlik kiritishicha, Katerina Jovinatsso 88 yoshida vafot etgan. U kompaniya ko‘rsatgan hisob varag‘ida 15 ming yevroni ko‘rib hushidan ketgan va kasalxonaga olib ketilgan. Kampirning qarzi aslida 55 yevro ekan.