BAAning ulkan haykaltaroshlik instalyatsiyasi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar akademiyalari va o‘quv markazlari joylashgan erkin zona markazi bo‘lgan Dubay bilim parki o‘zining 20 yilligini nishonladi va “Dunyodagi eng katta kubik rubik” bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.

Haykalning og‘irligi 300 kilogrammdan ortiq, umumiy o‘lchamlari 3x3x3 m.

2003 yilda ochilgan Dubay Bilimlar Parki 700 dan ortiq mahalliy, mintaqaviy va xalqaro ta’lim muassasalariga ega bo‘lib, 170 dan ortiq mamlakatdan kelgan iqtidorli talabalarga xizmat ko‘rsatadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2022-2023 yillarda Birlashgan Arab Amirliklari 123 ta jahon rekordini yangiladi.

G.Sattorova,O‘zA