AQSHda Apple Watch Ultra 2 va Apple Watch Series 9 so‘nggi aqlli soatlari sotilishi taqiqlandi.

Prezident Jo Bayden ma’muriyati AQSH Xalqaro savdo komissiyasining (USITC) qondagi kislorod miqdorini o‘lchash funsiyasiga ega Apple Watch aqlli soatlarining patentni buzuvchi mamlakatda sotilishini ta’qiqlash haqidagi qaroriga veto qo‘yishdan bosh tortdi. Oq uy rahbari USITC qaroriga 25 dekabrgacha veto qo‘yishi mumkin.

Gap qondagi kislorod miqdorini o‘lchash uchun texnologiyadan foydalanadigan Apple Watch haqida bormoqda. Patentning buzilishi bo‘yicha da’vo to‘rt yil oldin Kaliforniyada joylashgan tibbiy monitoring texnologiyasi kompaniyasi “Masimo” tomonidan berilgan.

AQSH Savdo Vakilligi idorasi (USITC) USITC “Apple” Amerikaning “Masimo” va “Cercacor Laboratories” kompaniyalarining ikkita patentini buzganligini aniqladi.

Puxta maslahatlashuvlardan so‘ng, USITC qarori bekor qilinmasligiga qaror qilindi va bugundan boshlab u yakuniy bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Apple vakilining aytishicha, kompaniya taqiq bo‘yicha AQSHning Vashingtondagi Federal Apellyatsiya sudiga shikoyat qilgan.

Kompaniya taqiqni hech bo‘lmaganda AQSH bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati o‘z soatlarining versiyalari Masimo patentlarini buzadimi yoki yo‘qligini hal qilmaguncha to‘xtatib turishni so‘radi. Bojxona qarorni 12 yanvarda qabul qilishi kutilmoqda, dedi kompaniya.

O‘zA