O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq,O‘zbekiston Respublikasida nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:

nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish, keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash, ro‘yxatlarga kiritish, raqamlashtirish, targ‘ib qilish va saqlash;

maqom va baxshichilik san’atini muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish, targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish;

nomoddiy madaniy merosning noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan namunalarining, shuningdek, merosni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalarning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya doirasida xalqaro ro‘yxatlarga kiritilishiga erishish;

nomoddiy madaniy merosni doimiy ravishda o‘rganishni yo‘lga qo‘yish maqsadida respublika va xalqaro miqyosda etnofolklor ekspeditsiyalari tashkil qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, fundamental va maqsadli grantlar ajratilishini ta’minlash;

nomoddiy madaniy meros ta’limning barcha bosqichlarida o‘rganilishini tashkil etish hamda soha uchun malakali kadrlartayyorlash.

Shuningdek, qaror bilan taniqli baxshilar ishtirokida folklor teatrlashtirilgan tomoshalarsahnalashtiriladi va ularning respublika teatrlarida namoyish etilishi tashkil qilinadi.

Xalq dostonlari va ertaklar asosida bolalar uchun multfilmlar yaratiladi.

Prezident qaroriga ko‘ra,Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining vazifalariham tasdiqlandi.

Institutda etnofolklor laboratoriyasi tashkil etilib, unda:

yo‘qolib ketgan noyob nomoddiy madaniy meros namunalari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlarni qayta tiklash;

nomoddiy madaniy meros namunalarining davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib borishi va kelajakdagi holatini modellashtirish;

nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi materiallar, axborot tashuvchi vositalar, etnofolklor ekspeditsiyalarida to‘plangan materiallarni texnologiyalar o‘zgarishiga mutanosib ravishda zamonaviy formatga o‘tkazib borish hamda audiovizuallashtirish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Institutga 2024 yildan boshlab har yili to‘lov-kontrakt shartnomasi asosida tayanch doktorantura uchun kamida 3 tadan, stajyor-tadqiqotchilik uchun kamida 2 tadan kvota ajratiladi.

Nomoddiy madaniy meros namunalarini tadqiq etish, xususan, maqom va baxshichilik san’ati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasitanlovlar asosida shakllantiriladi.

2024 yildan boshlab har yili madaniyatshunoslik, nomoddiy madaniy meros sohalari, xususan, maqom va baxshichilik san’ati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlar xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya silish uchun yuboriladi.

O‘zbek xalq dostonlarining jonli ijrodan yozib olingan namunalarihamda “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildlik to‘plamini nashr etish ishlari yakuniga yetkaziladi.

2024 yildan boshlab, har yili mart oyida “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayillarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi.

2024 yil 1 oktyabrga qadar “Qadriyat” elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi hamda tegishli elektron xizmatlar va manbalar bilan integratsiya qilinadi.

“Qadriyat” elektron platformasida:

nomoddiy madaniy merosni, shu jumladan maqom va baxshichilik san’ati namunalarini o‘zida saqlovchi va yetkazuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularning ro‘yxati;

nomoddiy madaniy merosni, jumladan maqom va baxshichilik san’ati namunalarini elektron hujjatlashtirish, hisobini yuritish va ular haqidagi materiallar, matn, foto va boshqa audiovizual asarlar;

sohaga oid xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar, mahalliy va xorijiy etnofolklor ekspeditsiyalari materiallari, xalqaro ro‘yxatlarga kiritilgan nomoddiy madaniy meros namunalari haqidagi batafsil ma’lumotlar joylashtiriladi hamda muntazam ravishda yangilab boriladi.

                                                                                                              O‘zA