Chempionlikka erishgan Inoue WBA kamariga da’vogar Murodjon Ahmadaliyev bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Ammo ushbu jangning bo‘lish-bo‘lmasligini vaqt ko‘rsatadi.

Nima bo‘lganda ham Yaponiya poytaxti Tokioda o‘tkazilgan navbatdagi professional boks oqshomida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev chempionlik kamari uchun kimga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangida birinchi yarim yengil vazn toifasida WBC va WBO yo‘nalishlari chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue hamda ushbu vaznda WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi, filippinlik Marlon Tapales to‘qnash keldi.

12 raundga mo‘ljallangan chempionlik jangining 10-raundida Inoue Tapalesni nokautga uchratdi va to‘rtta kamarni birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA