Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekiston fuqarolari 30 dekabrdan 2 yanvargacha ketma-ket 4 kun dam olishlari haqida avval bergan edik. 2024 yil 6 yanvar (shanba) ish kuni bo‘ladi.

Yaqinlashib kelayotgan uzoq dam olish kunlari munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati yangi yil kunlari jamoat transporti harakati jadvalini e’lon qildi.

2023 yil 30 dekabr (shanba) – dam olish kuni, jamoat transporti tasdiqlangan yakshanba jadvaliga muvofiq ishlaydi.

2023 yil 31 dekabr (yakshanba) – dam olish kuni, jamoat transporti tasdiqlangan yakshanba jadvali bo‘yicha ishlaydi. 2024 yil 1 yanvar (dushanba) dam olish kuni, jamoat transporti tasdiqlangan yakshanba jadvali bo‘yicha ishlaydi.

2024 yil 2 yanvar (seshanba) – dam olish kuni, jamoat transporti tasdiqlangan yakshanba jadvaliga muvofiq ishlaydi.

2024 yil 6 yanvar (shanba) ish kuni, jamoat transporti tasdiqlangan ish kuni jadvaliga muvofiq ishlaydi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA