O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimi joriy etilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013 yil 4 oktyabrdagi 272-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Qarorga muvofiq, 2013 yil 4 oktyabrdagi 272-son Hukumat qaroriga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlariga tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ob’ektlarda batafsil, nazorat va tezkor tekshiruvlar o‘tkazish;

Davlat yong‘in nazorati organlarining asosiy vazifalariga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash (yong‘in auditi) xizmatini ko‘rsatish va bu yo‘nalishda mustaqil baholovchi yong‘in auditorlik tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

jamiyatni ommaviy axborot vositalari orqali yong‘in xavfsizligi muammolari va yong‘in xavfsizligini ta’minlash usullari haqida xabardor qilish.

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirish tizimini sifat jihatidan yanada takomillashiga xizmat qiladi.

                                                                                                               O‘zA