O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmon qabul qildi.

Unga ko‘ra,

Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:

eksport hajmi 500 ming AQSH dollarigacha bo‘lganda — 1 million

AQSH dollarigacha;

eksport hajmi 500 ming AQSH dollaridan 4 million AQSH dollarigacha bo‘lganda – 2 million AQSH dollarigacha;

eksport hajmi 4 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda – 3 million AQSH dollarigacha.

2025 yil 1 yanvarga qadar keng turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari (TIF TH kodlari 3919 108 000 va 3921906 000) bojxona bojidan ozod etiladi.

2024 yil 31 dekabrga qadar ip-kalavani eksport qilishda undiriladigan yig‘imning amaldagi mikdorini 5 baravarga kamaytirish;

2024 yil 31 dekabrga qadar bo‘yalgan mato va bo‘yalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash hamda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish huquqi beriladi.

2026 yil 1 oktyabrga qadar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan ayrim tovarlarni import qilishda bojxona boji olib tashlanadi. Shuningdek, sanoat zonalarida yer maydonlari hamda bino va inshootlarni ijaraga berishda to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrini amaldagi 12 oydan 24 oygacha uzaytiriladi.

 O‘zA