O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 23 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-3 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja iliq, cho‘l hududlarida  0-2 darjagacha sovuq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushadi.  G‘arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar  

22 noyabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, 23 noyabr kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kuchli yomg‘ir yog‘adi.

22-23 noyabr kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi.

22 noyabr kuni shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim tumanlarda chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin.

Havo harorati kunduzi 10-15, kechasi 3-6 darajagacha iliq bo‘ladi. Shimolda 1-3 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.

22-23 noyabr kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida  sel kelishi xavfi bor.

O‘zA