O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyova Turkiya Respublikasining Birinchi xonimi Emine Erdog‘anning taklifiga binoan 15 noyabr kuni “Falastinda tinchlik uchun birgalikda” sammitida ishtirok etdi.

Istanbul shahrida Emine Erdog‘an raisligida o‘tgan davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining yig‘ilishida Malayziya Malikasi Tunku Aziza, Bangladesh Birinchi xonimi Rebekka Sulton, Bosniya va Gersegovina Birinchi xonimi Sabina Komshich, Qatar Amirining onasi Shayxa Mo‘za bint Nosir al-Misnid, Livan Bosh vazirining rafiqasi Mey Mikati, Pokiston Bosh vazirining rafiqasi Sadiya Rahmatullox va boshqa mamlakatlarning yuqori darajali vakillari ham qatnashdi.

Uchrashuv G‘azodagi tinch aholining azob-uqubatlariga chek qo‘yish va Falastin-Isroil nizosiga yechim topish yo‘lida qat’iy birdamlikni namoyish etish maqsadida tashkil etildi.

O‘zA