Xitoy Xalq Respublikasi sobiq yuqori martabali sport amaldori korrupsiyada ayblanib, tergov qilinmoqda. Bu mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi nishonidagi so‘nggi shaxs.

CCTV davlat teleradiokompaniyasi ma’lum qilishicha, 2016-2022 yillari XXR sport bosh boshqarmasi direktori lavozimida ishlagan Gou Chjungven intizom va qonunni jiddiy ravishda buzgani gumon qilinyapti.

Sobiq mulozim bir necha davlat tashkiloti tomonidan intizomiy va nazorat tekshiruvidan o‘tkazilmoqda.

Xitoy sportida so‘nggi yillarda qator yuqori martabali amaldorlar mansab vakolatini suiste’mol qilganligi sababli jazoga tortildi. Joriy yil mart oyida o‘nga yaqin yuqori martabali mulozimlar bilan birga Futbol assotsiatsiyasi sobiq raisi Chen Xiuyuan 11 million dollar miqdorida pora olgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA