Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslari poyoniga yetdi.
Uch kun davom etgan murosasiz bahslarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan 600 nafardan ziyod dzyudochi sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.
So‘nggi kungi bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, 3 tadan oltin, kumush hamda bronza medallariga sazovor bo‘lgan Xorazm viloyati terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. 2 ta oltin, 3 ta kumush, 9 ta bronza medaliga ega chiqqan Qashqadaryo viloyati jamoasi ikkinchi o‘rinni, Buxoro va Samarqand viloyati terma jamoalari kuchli uchlikni band etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA