Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) O‘zbekiston terma jamoasini IV diviziondagi jahon chempionati ishtirokchilari qatoriga kiritdi.
Aytish lozimki, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi 2018 yil mart oyida tashkil topgan bo‘lib, 2019 yilda IIHF a’zoligiga qabul qilingan. O‘tgan yillar davomida federatsiya mamlakat milliy terma jamoasining jahon chempionatlarida ishtirok etishi uchun IIHF nizomida belgilangan bir qator majburiyatlarni bajardi.
O‘zbekiston 2025 yilgi jahon chempionatining IV divizionida Eron, Quvayt, Indoneziya, Malayziya va Armaniston milliy terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Ushbu bosqichda g‘oliblikka erishgan milliy terma jamoa keyingi yil jahon chempionatining III “B” divizionida ishtirok etish huquqiga ega chiqadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA