Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Qozog‘istonning Turkiston shahrida II Turkiy davlatlar universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning sport jamoalari ishtirok etayotgan o‘yinlarning ortda qolgan kunlarida mamlakatimiz sportchilari munosib natijalarga erishdi.

Kecha dzyudo bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarda yurtimiz sportchilari 5 ta oltin, 2 ta kumush, erkin kurash bellashuvlarida 4 ta kumush, 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Bugun, 8 noyabr kuni II Turkiy davlatlar universiada o‘yinlari nizomiga ko‘ra, stol tennisi, yunon-rum kurash, dzyudo, voleybol va shaxmat musobaqalar o‘tkaziladi.

Universiada o‘yinlari 10 noyabrga qadar davom etadi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA