Kecha oqshom soatlarda AQSH Meyn shtatining Lyuiston shahrida sodir etilgan qurolli otishma natijasida kamida 22 kishi otib o‘ldirilgan.

Men shtati markaziy tibbiyot markazining mahalliy kasalxonasiga 60dan ziyod yaralanganlar keltirildi, deb xabar berdi Fox News telekanali.

Mahalliy hokimiyat aholiga murojaat qilib, “to‘xtagan joyda yashirinib o‘tirish” va “eshiklarni tanbalab, uyda qolish”ga chaqirdi.

Men shtatining gubernatori Janet Mills “aholini davlat va mahalliy huquq idoralari ko‘rsatmalariga to‘liq amal qilishni” so‘ragan.

Otishma shaharning uch joyida – Schemengees Bar and Grille restorani, Walmart magazini va Sparetime Recreation ko‘ngilochar markazda sodir etilgani aytiladi.

Men shtati politsiyasining xabariga ko‘ra, voqea 36 ming kishilik Lyuiston shahrida bo‘lib o‘tgan. Jinoyatchi odamlarga qarata to‘xtamasdan o‘q ochgan.

Men shtati politsiyasi jinoyat sodir etishda shubha qilinayotgan shaxsning ikkita fotosuratini e’lon qilgan.

O‘zA