O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

«Mardlik» ordeni bilan

Isamov Abdulxamid Mirzayevich – Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Arzuyev Jambil Jumabayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limi 1-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i

Jumayeva Alyona Shuxratovna – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti

 

«Jasorat» medali bilan

Asqarov Ulug‘bek Umaraliyevich – Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi

Axmedov Farruxjon Bayonovich – Samarqand viloyati Urgut tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Niyozov Bekzod Xoliqovich – Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili

Raximov To‘lqinjon Farxadovich – Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tezkor vakili

Suvanov Jamshid Eshpulatovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i

 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Asadov Azizbek Karomatovich – Buxoro viloyati Olot tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Asanov Sabirdjan Jakayevich – Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi

Bahromov Bektemir Raxmonovich – Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Qurbonov Farxodjon Raximovich – Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi

Norqo‘ziyeva Shaxlo Primqulovna – Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ichki ishlar boshqarmasi probatsiya bo‘linmasi katta inspektori

Sultanov Anvar Abidxodjayevich – Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Raximov G‘ulombek Babaxanovich – Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maxsus qabulxona katta nazoratchisi

Shermuxamedov Abdumajid Mavlyanovich – Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Yusupov Abdullo Abduraxmonovich – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

 

«Shuhrat» medali bilan

Davranov G‘olibjon Isomidinovich – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

Djabbarov Farxod Axmadovich – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi

Ishpulatov Abbos Nurmamatovich – Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani ichki ishlar bo‘limi 2-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i

Miraxmedov Abror Onarboyevich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

Mo‘minov Bo‘riqul Yodgorovich – Qashqadaryo viloyati Koson tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Palimbetov Baxtibay Jangabayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Ryumin Aleksey Aleksandrovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘ining o‘rinbosari

Tulanov Abdumuxtor Ruzimatovich – Andijon viloyati Marhamat tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev