Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish va “Yashil makon” kuzgi mavsumini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Qayd etilganidek, jahon amaliyotida turizm salohiyatini targ‘ib qilishda kino, serial va hujjatli filmlardan keng foydalanilmoqda.

Shu bois, Kinematografiya agentligiga milliy tariximiz bo‘yicha kamida 50 ta badiiy, hujjatli va musiqali asarlar yaratish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Prezident turizm ob’ektlarida sanitariya va ozodalikka e’tiborni yanada kuchaytirish lozimligini qayd etib, bu bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Yana bir muhim masala – soha kadrlarining salohiyatini oshirish.

Turizm qo‘mitasiga “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti bilan birgalikda servis sifati hamda soha xodimlarining malaka va madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitish tizimini yaratish topshirildi. Bunda mehmonxona va restoran ishi bo‘yicha chetdan mutaxassislar taklif qilinib, har bir viloyatda o‘quv kurslari tashkil qilinadi.

Shuningdek, xushmuomala bo‘lish, tabassum qilish, ozodalik bo‘yicha qisqa hajmli ta’sirchan ijtimoiy videoroliklarni tayyorlab, barcha telekanallar, ijtimoiy tarmoqlar va ekranlarda muntazam ko‘rsatib borish muhimligi ta’kidlandi.

 

O‘zA