Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda madaniy tadbirlarni ko‘paytirish turistlarni jalb qilishda katta imkoniyat ekani ta’kidlandi.

Bunday tadbirlar Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent viloyatlarida ko‘p o‘tkazilayotgani, lekin Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida bu boradagi ishlar qoniqarsiz ekani aytildi.

Viloyatlar hokimlari Madaniyat vazirligi bilan birgalikda har oy yirik madaniy tadbir o‘tkazishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tuman va shaharlarda ko‘p sayilgoh, xiyobon, istirohat bog‘lari, teatr va madaniyat uylari bo‘sh turgani, na turistlarni, na aholimizni o‘ziga jalb qila olayotgani qayd etildi.

Hududlar rahbarlariga bu joylarda musiqiy, ko‘ngilochar va ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etib borishga topshiriq berildi.

 

O‘zA