Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda qayd etilishicha, kelgusi hafta Samarqand shahri ilk bor Butunjahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi yig‘ilishiga mezbonlik qiladi.

Hozirni o‘zida 128 ta mamlakatdan 1 mingdan ziyod ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi, shundan 79 nafari turizm vazirlari, 24 nafari vazir o‘rinbosarlari.

Prezident ushbu tadbir hokimlarga mamlakatimiz turizm salohiyatini ko‘rsatish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Har bir viloyat hokimi o‘z delegatsiyalari bilan viloyatining tabiati, tarixi, madaniyati, ovqatlari, ziyoratgohlari, sayyohlik maskanlari va marshrutlarini namoyish qilishi, turizm loyihalari bo‘yicha kelishuvga erishishi shartligi qayd etildi.

 

O‘zA