O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018-yil 15-17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘ladi.
www.uza.uz sayti orqali onlayn tarzda oliy darajadagi muzokaralar tafsiloti, O‘zbekiston – AQSH hamkorligining holati, ikki davlat o‘rtasidagi xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda mavzuga doir turli axborotlar muntazam berib borilishi rejalashtirilgan.
Vashingtondan maxsus sharhlarni www.uza.uz sayti “Amerika Ovozi” dan oladi. Xususan, sayt xabarlarida teleradio jurnalisti Navbahor Imamovaning materiallariga tayanadi. Saytimizda kuzatib boring.