Joriy yil 14 may kuni Toshkentda “O‘zbekiston va Xitoy: “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Konferensiya ishida Xitoyning yetakchi tadqiqot markazlari ekspertlari, xorijiy diplomatik muassasalar rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.