Nukusda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan dzyudo bo‘yicha turnir o‘tkazildi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan musobaqada 100 nafarga yaqin yosh polvon g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Musobaqaning ochilishda ta’kidlanganidek,  maqsad yoshlar o‘rtasida dzyudo sportini ommalashtirish, yoshlarni sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, iste’dodli yoshlarni kashf etishdir.

Musobaqa davomida yosh sportchilar o‘zlarining mahoratini har tomonlama namoyish etib, olqishga sazovor bo‘ldi. Ulardan Ramazan Begaydarov, Doston  Jumamuratov,  Yernazar va Nurbek Sayekeyev, Ahmed Saburov, Dilmurod Allamuratov, Ibrohim Ahmetov, Janatbek Audanbayev, Atabek Jumabayev o‘z vazn toifalarida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan musobaqa so‘nggida bellashuv g‘oliblari O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),  

O‘zA muxbirlari.