Nukus shahrida sportning velosport-shosse turi bo‘yicha ayollar va o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 150 nafarga yaqin sportchi qatnashdi.
Ishtirokchilar belgilangan nizom va yosh toifasi bo‘yicha 15, 20, 30 kilometr masofa oralig‘ida o‘zaro bellashuv olib bordi.
Musobaqa yakunida U-18, U-16, U-14 toifalari bo‘yicha Asal Rizayeva, Sabrina Oltinbekova, Samira Ismoilova birinchi, Li Kseniya, Gulhayo Sattorova, Nadejda Berjeneva ikkinchi hamda Mohina Elmurodova, Madina Anvarova va Arina Makarkina uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA