Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining yuqori darajadagi haftaligi doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tmoqda.
“BMT yangiliklari” xabar berishicha, tadbirning birinchi kunida dunyo yetakchilari tomonidan 2030 yilga qadar barqaror, inklyuziv va taraqqiy etgan dunyo barpo etish yo‘lida birlashishga sodiqlik qayd etilgan tarixiy deklaratsiya qabul qilindi.
Ma’lumki, 2015 yil qabul qilingan BRM 2030 yilga qadar amalga oshirilishi kerak.
– BRM shunchaki maqsadlar yozilgan ro‘yxat emas, balki butun dunyodagi odamlarning umidi, orzusi va kutganlari ro‘yobidir, – ta’kidladi BMT rahbari Antoniu Gutterish. – Ayni jarayon bu yil qabul qilinganiga 75 yil to‘lgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi majburiyatini bajaruvchi ishonchli yo‘lni ta’minlaydi.
Anjumanda Bosh kotib mazkur bosqichda xalqaro hamjamiyat oldida turgan ochlikka qarshi kurash, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish, umumiy raqamlashtirish, ta’lim sifatini oshirish, odamlarni munosib ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish, “tabiat bilan urush”ni to‘xtatish kabi oltita asosiy vazifani sanab o‘tdi.
G.Abdullayeva tayyorladi.
O‘zA