Bugun, 8 sentyabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk shahrida RCC Boxing professional boks turniri tashkil etildi.

Mazkur boks oqshomida eng o‘rta vazn toifasida hamyurtimiz Odiljon Aslonov Kongo vakili Erik Chimanga Katompa bilan jang o‘tkazdi.

Shiddatli kechgan jangning deyarli barcha raundlarida Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvchisi Aslanov raqibidan ustunlikka erishdi va ochkolar hisobida g‘alabasini ta’minladi.

Professional boksdagi oltinchi jangida muvaffaqiyatga erishgan Odiljon Aslonov faoliyati davomida 5 ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan. Bittasida esa durangga erishgan.

Uning raqibi Katompa esa faoliyatidagi uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA