Xitoy Raisi Si Szinpin Xalq-ozodlik armiyasi (XOA) bo‘linmalari jangovar holatini har tomonlama oshirishga chaqirdi. Bu haqda “CGTN” telekanali ma’lum qildi.
Mamlakat shimoliy-sharqida joylashgan XOA 78-armiya guruhi shtabi tekshiruvi mobaynida Xitoy rahbari “jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, bo‘linmalarning muhim va alohida murakkab o‘quvi va yangi jangovar imkoniyatini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatni amalga oshirish”ga chaqirdi.
Yetakchi, shuningdek, XXR Qurolli kuchlarining yuqori darajadagi yaxlitligi va birligini saqlash, partiya ishini mustahkamlash muhimligini ham ta’kidladi.
Tekshiruv tadbirida Xitoy Markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari Chjan Yusya va boshqa yuqori lavozimli harbiylar ham ishtirok etgan.