Bugun, 7 sentyabr kuni Rossiya sport vaziri Oleg Matitsin O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Xalqaro etnosport festivalida ishtirok etish uchun yurtimizga keldi.
Urganch xalqaro aeroportida martabali mehmonni O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov kutib oldi.
Ertaga, 8 sentyabr kuni Xiva shahridagi “Ichan qal’a” majmuasida Xalqaro etnosport festivali boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabrga qadar davom etadigan mazkur festivalda dunyoning 63 ta davlatidan 2 ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA