Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan BMTning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyasi sessiya yig‘ilishlari doirasi davom etmoqda.

Albatta, kun tartibidan sayyoramiz aholisi uchun – nafaqat ishtirokchi davlatlar, balki butun dunyo xalqlariga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish maqsadida ekspress-yo‘laklar ochishga xizmat qiluvchi “Nol ochlik” darajasiga erishish tamoyilini aks ettirgan turli mavzulardagi muhokama, munozaralar o‘rin olgan.

O‘zbekiston konferensiya doirasida sohada qo‘lga kiritilgan natijalar – agrar sohani isloh qilish yo‘lida erishilgan muvaffaqiyatlar taqdimotini namoyish etadi, shuningdek bu boradagi zamonaviy bilimlar, innovatsion yechimlarni o‘zida mujassamlashtirgan jahonning ilg‘or tajribasiga murojaat qilinadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bugungi kunda dunyo aholisi yer hosildorligi kamayishi, suv tanqisligi, qolaversa, keyingi yillarda pandemiya, beqaror geosiyosiy vaziyat singari salbiy holatlarga  ko‘p bora duch kelmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda ekspertlar tomonidan Samarqand konferensiyasi o‘tkazilishi ayni muddao bo‘lgani qayd etilmoqda.

G‘.Xonnazarov,  

O‘zA