Ayni kunlarda mavsumiy mevalar bozor rastalarini bezab turibdi. Ular ichida eng mashhur va sarxili bu — anjir. Bu meva nafaqat shirin, balki ko‘plab foydali moddalarga boy.

Anjirni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir salomatligi uchun foydali. Ko‘plab tadqiqotlar natijasida anjirni iste’mol qilish orqali xolesterin miqdorini kamaytirish o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Qolaversa, meva K vitaminiga boy, u qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, qonda tromblar paydo bo‘lishining oldini oladi.

Anjirning zararli xususiyatlari aniqlanmagan, biroq bir qancha sabablarga ko‘ra undan ehtiyot bo‘lish kerak. Birinchidan, meva, ayniqsa, quritilganida qondagi glyukoza miqdorini keskin oshirib yuborishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi shakarni o‘z ichiga oladi va uzoq muddatda ikkinchi toifa diabet xavfini oshiradi. Qizig‘i shundaki, choy damlanadigan anjir barglari, aksincha, qonda shakar miqdorini nazorat qilish uchun ajoyib vosita hisoblanadi.

Shifokor allergolog Jasur Davlatov bilan suhbat davomida anjir mevasining barglari va tanasidan chiqadigan suyuqlik quyosh nurlari bilan reaksiyasiga kirishishi natijasida allergik asoratlarga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Batafsil:

“Salomatlik sirlari” ruknini kuzatib boring, o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘ligiga e’tiborli bo‘ling.

 M.Turdaliyeva, A.Sodiqov (video), O‘zA