Air Marakanda kompaniyasi hamda Turkiyaning Yevropa va Turkiya o‘rtasida charter reyslarini amalga oshiruvchi Freebird Airlines aviakompaniyasi hamkorligi doirasida “Bodrum – Samarqand – Bodrum” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar dasturi ochilmoqda. 7 sentyabrda Freebird Airlines aviakompaniyasi Turkiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi kurort shahar Bodrumga Samarqanddan har haftalik charter reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Parvozlar haftasiga bir marotaba payshanba kunlari mahalliy vaqt bilan 14:30 da Samarqanddan amalga oshiriladi. Reyslar A-320 samolyotlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

G‘.HASANOV, O‘zA