Toshkentdagi Inha universitetida “Logistika – rivojlanish yo‘lidagi yangi marra” mavzuida forum o‘tkazildi. Unda Koreya Respublikasining logistika sohasidagi yetakchi mutaxassislari chiqish qildi.
Forum ishida Koreya Respublikasidagi Inha universiteti vitse-prezidenti Cheong Inkyo rahbarligidagi delegatsiya, mamlakatimizdagi vazirlik va idoralar, kompaniya va korxonalar mutaxassislari, poytaxtimizdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdi.
Toshkentdagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev 2016-yilda mazkur ta’lim dargohida janubiy koreyalik hamkorlarning o‘quv dasturi asosida ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarni tayyorlash ishlari boshlab yuborilganini ta’kidladi. Forum davlat organlari va xususiy kompaniyalar e’tiborini mazkur sektorni rivojlantirishga qaratish imkonini beradi.
Bu mamlakatimiz uchun, ayniqsa, ahamiyatlidir. Chunki, O‘zbekiston dunyo ummoniga chiqish imkoniga ega emas. Shu sababli ham yurtimizda iqtisodiy o‘sish va jahon bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash uchunsamarali logistika tizimini tashkillashtirish zarur. Bu eksport-import operatsiyalari harajatlarini kamaytirish imkonini beradi. So‘nggi yillarda hukumatimiz rahbariyati iqtisodiy, shu jumladan, tashqi savdo bo‘yicha hamfaol islohotlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa-da, logistika sohasida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj juda katta.
Forum doirasida logistika sohasini o‘rganayotgan mamlakatimiz mutaxassislari va talabalari ushbu tarmoqdagi so‘nggi trendlar bilan tanishish, yuklarni tashishdailmiy yondashuvnijoriy etishning afzalliklarini ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ldi. Koreyalik professorlar okeanga chiqish imkoni yo‘qligiga qaramay, barqaror rivojlanganiqtisodiyotnibarpo etishga erisha olgan mamlakatlar tajribasininamoyish etdi.
Bundan tashqari, yirik xorijiy kompaniyalar tomonidan qo‘llaniladigan logistika tamoyillari ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aviatsiya sohasini rivojlantirishning iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’siri masalasi muhokama qilindi.
Forum yakunida xorijiy mutaxassislar Koreya Respublikasida logistika xabini yaratish va bu borada mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.